Gollandiyada ta’lim: Erik Blyumbeng stipendiya dasturi

Groningen universitetining Erik Blyumbeng stipendiya dasturi haqida bilib oling. Magistratura uchun to’liq moliyaviy yordam va qabul shartlari bilan tanishing.

2
Gollandiyada ta’lim: Erik Blyumbeng stipendiya dasturi

Groningen universitetida Erik Blyumbeng stipendiya dasturi

Gollandiyaning nufuzli Groningen universiteti (University of Groningen) xalqaro talabalar uchun Erik Blyumbeng nomidagi stipendiya dasturini e'lon qiladi. QS World University Rankings 2021 reytingiga ko'ra, universitet dunyoning eng yaxshi oliygohlari orasida 128-o'rinni egallab turibdi.

Stipendiya dasturi haqida

Erik Blyumbeng stipendiyasi universitetdagi barcha magistrlik yo'nalishlari (MSc, MA, LL.M.) uchun moliyaviy yordam taqdim etadi. Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun siz talabalar uchun ajratilgan talablarga javob berishingiz va universitet magistratura bosqichiga qabul qilingan bo'lishingiz kerak.

Stipendiya nimalarni qamrab oladi?

1 yoki 2 yil muddatga mo'ljallangan stipendiya quyidagi xarajatlarni to'liq qoplaydi:

  • Universitetdagi ta'lim to'lovi;
  • Oylik yashash xarajatlari;
  • Xalqaro safarlar va o'quv adabiyotlari uchun mablag';
  • Tibbiy sug'urta xarajatlari.

Agar siz xorijda o'qishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, avval oliygohlar haqidagi ma'lumotlarimiz bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Batafsil ma'lumot va hujjat topshirish tartibi bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

Sizga ushbu dastur qiziqmi? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar