Generation Google Scholarship: Qizlar uchun $1000 grant

IT sohasida tahsil olayotgan qizlar uchun $1000 lik Generation Google Scholarship grant dasturi haqida barcha ma’lumotlar. Ro’yxatdan o’tish tartibi va talablar.

2
Generation Google Scholarship: Qizlar uchun $1000 grant

Generation Google Scholarship: IT sohasidagi qizlar uchun grant

Texnologiya sohasida o'z o'rnini topishga intilayotgan, kompyuter injiniringi va IT yo'nalishlarida tahsil olayotgan talaba qizlar uchun ajoyib imkoniyat. Google kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan Generation Google Scholarship dasturi g'oliblarga $1000 miqdorida stipendiya ajratadi.

Kimlar grant uchun ariza topshirishi mumkin?

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi, jumladan O'zbekistondagi oliygohlarda tahsil olayotgan talabalar;
  • Kompyuter fanlari, dasturlash yoki shunga yaqin texnik yo'nalishlarda bakalavriat yoki magistratura bosqichida o'qiyotgan qizlar;
  • 2-bosqich talabasi bo'lishi shart;
  • Yuqori akademik ko'rsatkichlar va yetakchilik qobiliyatini namoyon eta olish.

Ariza topshirish tartibi

Grant dasturiga ro'yxatdan o'tish jarayoni onlayn tarzda amalga oshiriladi. Nomzodlardan quyidagi hujjatlar va ma'lumotlar talab etiladi:

  • Shaxsiy ma'lumotlar va kontakt manzillar;
  • CV (tarjimai hol);
  • Akademik transkript (baholar daftarchasi);
  • Berilgan mavzular bo'yicha 2 ta insho (har biri 400 so'zgacha).

Talabalar uchun ushbu grant nafaqat moliyaviy yordam, balki xalqaro IT hamjamiyatiga qo'shilish uchun ham katta qadamdir. Arizalar saralash bosqichidan so'ng, muvaffaqiyatli nomzodlar bilan suhbat o'tkaziladi.

Insho mavzulari

  1. IT sohasidagi ayollar duch keladigan muammolar va sizning bu boradagi yechimlaringiz.
  2. Ushbu grantning ta'limingizga va kelajakdagi maqsadlaringizga ta'siri.

Oxirgi muddat: 10.12.2021, soat 23:59 gacha.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar