Fan olimpiadasi g‘oliblariga 4 mlrd so‘m: mukofot va imtiyozlar

Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar va ustozlar qancha pul mukofoti oladi? Imtiyozlar va tayyorlov dasturlari haqida batafsil ma’lumot.

4
Fan olimpiadasi g‘oliblariga 4 mlrd so‘m: mukofot va imtiyozlar

Fan olimpiadasi g‘oliblari uchun qanday imtiyozlar bor?

O‘zbekistonlik o‘quvchilarning xalqaro fan olimpiadalaridagi ishtiroki yildan yilga faollashmoqda. 2019 yildan buyon nufuzli musobaqalarda sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ustozlari uchun 4,1 mlrd so‘mlik pul mukofotlari ajratildi.

Fan olimpiadasi g‘oliblariFoto: KUN.UZ

G‘oliblar uchun asosiy imtiyozlar

Prezident qaroriga asosan, xalqaro olimpiadalar g‘oliblari uchun quyidagi imtiyozlar mavjud:

  • Xalqaro matematika, fizika, kimyo va biologiya olimpiadalari g‘oliblari davlat oliy ta’lim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi.
  • Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kirish ballari yo'nalishlar kesimida maksimal ball olish huquqini beruvchi sertifikat bilan taqdirlanadi.

Pul mukofotlari miqdori

O‘quvchilar va ularni tayyorlagan o‘qituvchilar uchun medallar darajasiga qarab quyidagi bir martalik mukofotlar belgilanadi:

  • Oltin medal: o‘quvchiga 150 mln, o‘qituvchiga 135 mln so‘m;
  • Kumush medal: o‘quvchiga 90 mln, o‘qituvchiga 75 mln so‘m;
  • Bronza medal: o‘quvchiga 60 mln, o‘qituvchiga 45 mln so‘m.

Shuningdek, o‘qituvchilar uchun pedagog attestatsiya jarayonlarida va ustama to‘lovlarida ham alohida imkoniyatlar yaratilgan.

Tayyorlov dasturlari

2022 yildan boshlab iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash uchun maxsus dastur joriy etildi. Bunda xorijiy trenerlar va tajribali o‘zbekistonlik mutaxassislar jalb etilib, o‘quvchilarga chuqurlashtirilgan bilim berilmoqda. Natijada, 2017 yildan beri o‘quvchilarimiz 37 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar