Fan olimpiadasi g'oliblari uchun yangi imtiyozlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan, ta’lim sohasida muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Endilikda fan olimpiadalarida muvaffaqiyat qozongan o‘quvchilar va ularning ustozlari uchun soliq imtiyozlari joriy etilmoqda.
Soliq imtiyozlari va rag'batlantirish
2025-yil 1-yanvardan boshlab xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi terma jamoalar rahbarlari natijalarga ko‘ra rag‘batlantiriladi. Shuningdek, fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlari hamda xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, o‘qituvchilar va jamoa rahbarlariga beriladigan pul mukofotlari va sovg‘alar daromad solig‘idan ozod qilinadi.
Agar siz abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar izlayotgan bo'lsangiz, oliygohlar kirish ballari bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.
2025-yilga mo'ljallangan rejalashtirilgan chora-tadbirlar
2025-yil 1-dekabrgacha quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan:
- Fan olimpiadalarining doimiy statistikasini yuritish va ishtirokchilarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beruvchi elektron platforma ishga tushiriladi.
- Buyuk allomalar nomi bilan ataladigan xalqaro fan olimpiadalari haqida ma’lumot beruvchi maxsus sayt yaratiladi. Ushbu sayt orqali o‘quvchilar olimpiadalarda qatnashish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalarga asoslangan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.