Eng ko‘p grant o‘rinlari ajratilgan OTMlar ro‘yxati (2023)

2023-yilgi qabulda eng ko‘p davlat granti kvotalari qaysi oliygohlarga ajratildi? Oliy ta’lim vazirligi e’lon qilgan top-5 OTM ro‘yxati bilan tanishing.

5
Eng ko‘p grant o‘rinlari ajratilgan OTMlar ro‘yxati (2023)

2023-yilda eng ko‘p grant o‘rinlari ajratilgan OTMlar

Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yilgi qabul jarayonida eng ko‘p davlat granti kvotalari ajratilgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini e’lon qildi. Agar siz ham oliygohlar kirish ballari bilan qiziqayotgan bo‘lsangiz, ushbu ma’lumotlar sizga tanlov qilishda yordam beradi.

Grant o‘rinlari bo‘yicha yetakchi oliygohlar

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, grant o‘rinlari quyidagi universitetlarda eng ko‘p miqdorni tashkil etadi:

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 1307 ta
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1290 ta
  • Qoraqalpoq davlat universiteti — 1135 ta
  • Toshkent davlat texnika universiteti — 1095 ta
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi — 980 ta

Shuningdek, joriy yilda 16 ta yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochilgani quvonarli hol. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilib, o‘z imkoniyatlaringizni baholang.

Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? O‘z fikringizni izohlarda qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar