Oliy ta'limda yangi imkoniyat: Bir vaqtda ikkita mutaxassislik
Oliy ta'lim tizimida abituriyentlar va talabalar uchun muhim yangilik joriy etildi. Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, endilikda o‘zaro yaqin bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha kvalifikatsiya olish imkoniyati yaratildi.
Qaysi yo'nalishlarda qo'shimcha mutaxassislik beriladi?
2022/2023-o‘quv yilidan boshlab o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilindi:
- Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi)
- Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi)
- Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi)
- Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
Ushbu yangilik o'qituvchilarning maktablardagi yuklamasini optimallashtirish va ularning pedagogik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Oliy ta'lim muassasalariga kirishni rejalashtirayotganlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Shuningdek, sohadagi yangiliklar va talabalar uchun foydali resurslar haqida batafsil ma'lumotlarni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.