Ekologiya va tibbiyot talabalari uchun stipendiyalar: To‘liq qo‘llanma

Ekologiya va tibbiyot yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar uchun ajratiladigan maxsus stipendiyalar miqdori va olish shartlari bilan tanishing.

3
Ekologiya va tibbiyot talabalari uchun stipendiyalar: To‘liq qo‘llanma

Ekologiya vaziri stipendiyasi: Kimlarga beriladi?

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya kabi dolzarb yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun maxsus stipendiya dasturi yo‘lga qo‘yilgan.

  • To‘lov-kontrakt asosida: Bir yillik kontrakt summasi qoplanadi va qo‘shimcha ravishda har oyda 990 ming so‘m (BHMning 3 baravari) to‘lanadi.
  • Davlat granti asosida: Har oyda 1 mln 980 ming so‘m (BHMning 6 baravari) miqdorida stipendiya tayinlanadi.

Ushbu yo‘nalishlar va kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Tibbiyot OTM talabalari uchun stipendiyalar

Tibbiyot oliygohlari va medtexnikumlar talabalari uchun ham rag‘batlantiruvchi stipendiyalar joriy etilgan. BHMning 3 baravari miqdorida, ya’ni 990 ming so‘m stipendiya olish uchun xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lish talab etiladi:

  • IELTS: kamida 7,5 ball;
  • Boshqa xorijiy tillar: kamida C1 darajasi.

Talabalik davridagi imkoniyatlar va yangiliklar haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun talabalar uchun ruknini kuzatib boring.

Manba: infoedu.uz ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar