Davlat OTMlari kontrakt narxlari 2024-2025: To‘liq ro‘yxat

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat OTMlarida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha yangi to‘lov-kontrakt narxlari bilan batafsil tanishing.

9
Davlat OTMlari kontrakt narxlari 2024-2025: To‘liq ro‘yxat

Davlat OTMlarida 2024/2025-o‘quv yili uchun kontrakt narxlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlari tasdiqlandi. Narxlar kunduzgi, sirtqi, masofaviy, kechki va ikkinchi mutaxassislik shakllariga ajratilgan holda belgilangan.

Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar juda muhim hisoblanadi. Shuningdek, abituriyentlar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borish tavsiya etiladi.

Kontrakt narxlari yo‘nalishlar kesimida (bazaviy, stipendiyasiz)

I. Gumanitar soha

  • Pedagogika – kunduzgi: 7 400 000 so‘m, sirtqi: 8 623 000 so‘m
  • San’at – kunduzgi: 8 950 000 so‘m, sirtqi: 10 330 000 so‘m
  • Filologiya va tarjima nazariyasi – kunduzgi: 8 150 000 so‘m, sirtqi: 9 444 000 so‘m
  • Jahon siyosati – kunduzgi: 11 250 000 so‘m, sirtqi: 12 856 000 so‘m

II. Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

  • Sotsiologiya, psixologiya, jurnalistika – kunduzgi: 7 400 000 so‘m
  • Iqtisod va xalqaro munosabatlar – kunduzgi: 10 500 000 – 11 250 000 so‘m
  • Huquq – kunduzgi: 11 250 000 so‘m

III. Ishlab chiqarish va texnik soha

  • Muhandislik – kunduzgi: 7 400 000 so‘m
  • Kompyuter texnologiyalari, aloqa – 8 150 000 – 10 500 000 so‘m
  • Arxitektura – 8 950 000 so‘m

IV. Qishloq va suv xo‘jaligi

  • Qishloq xo‘jaligi, veterinariya – kunduzgi: 7 400 000 so‘m

V. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

  • Tibbiyot – kunduzgi: 10 500 000 so‘m, sirtqi: 12 030 000 so‘m
  • Ijtimoiy ta’minot – 7 400 000 so‘m

VI. Xizmatlar sohasi

  • Sport, transport, atrof-muhit muhofazasi – 7 400 000 – 8 150 000 so‘m

Muhim eslatma

  • Ushbu narxlar bazaviy (stipendiyasiz) hisoblanadi. Stipendiyali shaklda o‘qish uchun belgilangan miqdorga 12 oylik stipendiya miqdori qo‘shiladi.
  • Mazkur narxlar 2024/2025-o‘quv yili uchun amal qiladi va kelgusida o‘zgarishi mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar