Nodavlat OTMdan davlat oliygohiga imtihonsiz ko’chirish

Nodavlat oliygohdan davlat OTMga super kontrakt asosida imtihonsiz o’qishni ko’chirish tartibi va ariza yozish bo’yicha to’liq qo’llanma.

5
Nodavlat OTMdan davlat oliygohiga imtihonsiz ko’chirish

Nodavlat OTMdan davlat oliygohiga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish tartibi

Prezidentning PQ-279-sonli qaroriga muvofiq, talabalar nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliygohlariga super kontrakt asosida imtihonsiz o‘qishlarini ko‘chirishlari mumkin. Bu jarayonni to‘g‘ri amalga oshirish uchun talabalar uchun muhim qoidalarga amal qilish kerak.

Onlayn ariza topshirish: my.uzbmb.uz

O‘qishni ko‘chirish jarayoni to‘liq onlayn tarzda https://my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni yuklashda quyidagi bosqichlarga e’tibor bering:

  • Shaxsiy kabinet ochish va ma’lumotlarni to‘ldirish.
  • Kerakli hujjatlarning elektron nusxalarini yuklash.
  • "O‘qishni ko‘chirish sababi" maydonini to‘g‘ri to‘ldirish.

Arizani rad etmasliklari uchun nima qilish kerak?

Agar siz noturdosh yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirayotgan bo‘lsangiz, ariza matnida quyidagi izohni qoldirishingiz shart:

Men (talabgorning F.I.Sh) Nodavlat oliy taʼlim muassasasidan (Talabgor topshirayotgan OTM nomi)ning o‘qiyotgan taʼlim yo‘nalishimga noturdosh bo‘lgan taʼlim yo‘nalishiga o‘qishimni ko‘chirmoqchiman. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-sonli qarorining 7-band “g” kichik bandiga muvofiq, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida o‘qishga roziman. Yuqoridagi Prezident qarori bilan to‘liq tanishtirildim. Shuni inobatga olib o‘z roziligim asosida arizamni ko‘rib chiqib amaliy yordam qilishingizni so‘rayman.

Ushbu izoh sizning huquqiy xabardorligingizni tasdiqlaydi. Shuningdek, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish foydali bo‘lishi mumkin.

Xulosa

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun barcha hujjatlarni o‘z vaqtida va aniq topshiring. Ta’lim sohasidagi yangiliklarni kuzatib boring va o‘z huquqlaringizdan unumli foydalaning.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar