Kecha davlat granti kvotasi ulushining chegarasi e'lon qilindi. Ko'pchilik abituriyentlarda bu chegara nimani anglatishi haqida savol tug'ilgan. Quyida yurisprudensiya yo'nalishi misolida oddiy tilda tushuntiramiz.
Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi 145 ta, davlat granti ulushi chegarasi esa 10 foiz etib belgilangan. Bu degani, bitta oliygoh o'zi uchun ajratilgan kvotaning ko'pi bilan 10 foizini yurisprudensiya yo'nalishiga grant shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo'ladi. Avvalroq yurisprudensiya yo'nalishiga jami 3 195 ta qabul kvotasi ajratilgani haqida batafsil ma'lumot berilgandi.
Toshkent davlat yuridik universiteti misolida
TDYUga jami 595 ta kvota ajratilgan. Shundan 550 tasi yurisprudensiya, 45 tasi davlat va jamiyat boshqaruvi yo'nalishiga. Bu raqamlar grant va kontrakt uchun jami kvotadir.
10 foizlik chegara TDYUga yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha ko'pi bilan 60 tagacha (595 ning 10 foizi) grant olish imkonini beradi. Qolgan 490 ta o'rin kontrakt asosida bo'ladi.
60 ta — bu maksimum
Muhim jihat: 60 ta bu maksimal chegara. Grant undan kamroq ham bo'lishi mumkin — bu abituriyentlar to'plagan ballarga bog'liq. Agar TDYUga topshirgan abituriyentlarning ballari yetarli darajada yuqori bo'lmasa, grant o'rinlari kamroq ajratilishi mumkin.
Qolgan grantlar qayerga ketadi?
Yurisprudensiya uchun respublika bo'yicha jami 145 ta grant ajratilgan. Agar TDYU shulardan 60 tasini olsa, qolgan 85 ta grant boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo'nalishida yuqori ball to'plagan abituriyentlarga taqsimlanadi.
Ta'limga oid eng muhim tushuntirish va yangiliklarni InfoEdu.uz orqali muntazam kuzatib boring.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.