D-Prize tanlovi: Biznes g‘oyalaringizni moliyalashtiring
Dunyo miqyosidagi qashshoqlik darajasini kamaytirishga qaratilgan innovatsion biznes reja yoki startap g‘oyalaringiz bormi? D-Prize sizga o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun 30 000$ gacha bo‘lgan grant yutib olish imkoniyatini taqdim etadi.
Qaysi sohalarda g‘oya taklif qilish mumkin?
Sizning loyihangiz quyidagi yo‘nalishlardan birida ijtimoiy muammolarga yechim bo‘lishi lozim:
- Sog‘liqni saqlash va salomatlik;
- Toza suv ta’minoti;
- Qishloq xo‘jaligi;
- Davlat xizmatlari;
- Ta’lim (ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot uchun kirish ballari yo‘nalishlar kesimida sahifasiga o‘ting);
- Energiya ta’minoti.
Baholash mezonlari va jarayon
Tanlov bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
- Kontseptsiya va rezyumeni yuborish. Har bir musobaqada 1700 ta loyiha qabul qilinadi;
- Saralangan eng yaxshi 5% loyihalar to‘liq nusxani taqdim etadi;
- Eng yaxshi tadbirkorlar intervyu jarayonidan o‘tadi. Top 1% ishtirokchilar 20 000$ dan 30 000$ gacha moliyalashtiriladi.
Agar siz talaba bo‘lsangiz yoki tadbirkorlikka qiziqsangiz, bu imkoniyat siz uchun ayni muddao. D-Prize dunyoning istalgan burchagidan bo‘lgan, barcha yoshdagi tadbirkorlar uchun ochiq.
Muhim shartlar
Mavjud tashkilotlar uchun loyiha muddati 18 oydan, xarajatlar esa 30 000$ dan oshmasligi kerak. Arizalar ingliz tilida qabul qilinadi, biroq grammatik xatolar baholashga ta’sir qilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘tish
Savollar yuzasidan: Elektron pochta orqali murojaat
Manba: infoedu.uz sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.