Buyuk Britaniyada bepul ta'lim: Sheffild universiteti stipendiyasi
Buyuk Britaniyaning nufuzli Sheffild universiteti magistratura dasturlari uchun xalqaro talabalar, jumladan, o‘zbekistonlik nomzodlar uchun stipendiya tanlovini boshladi. Bu talabalar uchun xorijda ta'lim olish va rivojlanish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Stipendiya dasturining afzalliklari
Grantni qo‘lga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘lishadi:
- O‘qish to‘lovidan to‘liq ozod etilish;
- Yashash xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag‘ ajratilishi.
Qaysi yo‘nalishlar uchun grant ajratiladi?
Universitet “Allan” va “Nesta Ferguson” xayriya jamg‘armasi hamda Sheffild xalqaro taraqqiyot instituti bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha grantlar taqdim etadi:
- Xalqaro rivojlanish;
- Global jurnalistika;
- Xalqaro jamoatchilik va siyosiy kommunikatsiya;
- Madaniyatlararo muloqot.
Ariza topshirish tartibi
Kurslardan biriga o‘qishga qabul qilingan nomzodlar avtomatik ravishda stipendiya uchun ko‘rib chiqiladi. Abituriyentlar uchun muhim eslatma: kurslarga ariza topshirish muddati 5-may etib belgilangan. Umumiy onlayn arizalarni esa 31-maygacha ushbu havola orqali yuborishingiz kerak. Batafsil ma’lumotlar bilan rasmiy sahifada tanishishingiz mumkin.


















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.