Imtihonlar bekor qilinadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan test sinovlari o'tkazilmasligi haqidagi xabarlar yuzasidan Davlat test markazi rasmiy bayonot berdi. Abituriyentlar uchun eng muhim ma'lumotlarni jamladik.
Test sinovlari qachon va qanday o'tkaziladi?
Test sinovlarining aniq sanasi Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi. Hozirgi kunda test sinovlarini sanitariya-gigiyena talablariga to'liq rioya qilgan holda, abituriyentlarning xavfsizligini ta'minlab o'tkazish bo'yicha barcha choralar ko'rilmoqda.
- Barcha binolar sovutish va ventilatsiya tizimlari bilan jihozlangan.
- Ijtimoiy masofani saqlash uchun har bir abituriyentga 3 kv.m joy ajratilmoqda.
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Onlayn imtihonlar bo'lishi mumkinmi?
Dunyoda abituriyentlarning bunday katta soni uchun onlayn test o'tkazish amaliyoti mavjud emas. Xalqaro hamkorlarimiz ham onlayn tizimning xavfsizligi va shaffofligi hali to'liq kafolatlanmaganini ta'kidlashmoqda.
Abituriyentlar o'z tayyorgarliklarini tizimli davom ettirishlari uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqishlari hamda DTM standartidagi test tizimi yordamida o'z bilimlarini sinab ko'rishlari tavsiya etiladi.
Davlat test markazi tomonidan rejalashtirilgan test sinovlari adolatli va shaffof o'tishi, shuningdek, abituriyentlarning salomatligi birinchi o'rinda turishi ta'minlanadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.