Bill Geytsdan muvaffaqiyatga erishish uchun 11 ta maslahat

Dunyodagi eng boy insonlardan biri Bill Geytsning yoshlar uchun hayotiy 11 ta maslahati bilan tanishing. Muvaffaqiyatga erishish va o’z o’rningizni toping.

7
Bill Geytsdan muvaffaqiyatga erishish uchun 11 ta maslahat

Bill Geytsning yoshlarga 11 hayotiy maslahati

Dunyodagi eng muvaffaqiyatli insonlardan biri – Bill Geyts yoshlar bilan doimiy muloqotda bo‘lib, ularning ta’limga, mehnatga va hayotga bo‘lgan qarashlarini shakllantirishga harakat qiladi. Agar siz abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar izlayotgan bo'lsangiz, ushbu maslahatlar sizga motivatsiya beradi.

Quyida Bill Geytsning yoshlarga bergan 11 ta muhim hayotiy maslahati bilan tanishing:

  • Hayot ko‘rgazma emas. Undan foydalaning, hayotingizni boshqaring va ishga soling.
  • Dunyo sizning o‘zingizni hurmat qilishingiz bilan emas, qilgan ishingiz bilan baho beradi. Avval natijani ko‘rsating.
  • Maktabni tugatmasdan turib mustaqil hayot qurish mushkul. Ilmga sarmoya kiriting va maktab darsliklari orqali bilimingizni mustahkamlang.
  • O‘qituvchingiz talabchanmi? Rahbaringiz undan ham talabchan bo‘ladi. Maktabdan boshlab tayyorgarlik ko‘ring.
  • Oddiy ishni mensimang. Bu imkoniyat. Mehnatga past nazar bilan qaramang.
  • Xato qildingizmi? Aybni boshqalarga to‘nmang. Xulosa chiqaring va oldinga boring.
  • Sizning hayotingiz ota-onangiz uchun mas’uliyatdir. Ularga rahmat ayting, qadriga yeting.
  • Hayotda imkoniyatlar maktabdagidek ko‘p emas. Har bir ishonchni qadrlang.
  • Hayotda imtihonlar oldindan ogohlantirmaydi. Har doim tayyor bo‘ling.
  • Televizordagi hayot – real emas. Qahramonlar sizni ilhomlantirsin, lekin mehnatsiz muvaffaqiyat yo‘q.
  • Muvaffaqiyat tekin emas. U vaqt, mehnat va sabr bilan olinadi.

Bu maslahatlar sizga qanday ta’sir qildi? O'z fikringizni yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar