Curtin University grant dasturi: Dubayda bepul o'qish imkoniyati
Curtin University tomonidan taqdim etilayotgan Curtin Merit-based international awards dasturi iqtidorli va a'lochi xalqaro talabalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Bu dastur orqali siz Dubay shahrida joylashgan nufuzli universitetda 100% gacha grant asosida tahsil olishingiz mumkin.
Grantning afzalliklari
Dasturning eng katta yutug'i – o'qish to'lovi uchun 100% gacha grant olish imkoniyatidir. Mazkur imkoniyat foundation, bakalavr va magistratura bosqichlarida o'qishni rejalashtirgan barcha mamlakat fuqarolari uchun ochiq.
Ariza topshirish jarayoni
- Dastlab, universitetning rasmiy sayti orqali tanlagan yo'nalishingizga ariza yuboring.
- Qabul qilinganingizdan so'ng, grant dasturiga alohida ariza topshirishingiz kerak bo'ladi.
Kerakli hujjatlar
- Diplom va uning ilovasi (ingliz tilida emas bo'lsa, notarial tarjimasi);
- Amaldagi pasport nusxasi;
- Til sertifikati: IELTS 6.5 (har bir bo'lim 6.0 dan kam bo'lmasligi kerak) yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatlar.
Ta'lim yo'nalishlari
Nomzodlar quyidagi bosqichlarda o'qishlari mumkin:
- Foundation: Engineering, IT, Business, Arts & Media;
- Bakalavr va Magistratura: Engineering, Business & Management, IT & Computing, MBA.
Chet elda o'qishni rejalashtirgan abituriyentlar uchun abituriyentlar uchun foydali maslahatlar va talabalar uchun dolzarb yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Murojaat uchun:
Email: [email protected]
Telefon: +971 4 245 2500

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.