O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-yanvardagi 32-son qarori bilan talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi.
Ushbu imtiyozdan "Ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan farzandlari foydalanishi mumkin. Talaba kontrakt yoki grant asosida o‘qishidan qat’i nazar, to‘lovlar har oyning 15-sanasigacha uning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
Shuningdek, ushbu toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida navbatsiz qabul qilinishi va davlat yotoqxonasi yetishmagan taqdirda davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi belgilandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.