Hukumatning 2026-yil 28-yanvardagi 32-son qarori bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylarida (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi.
Mazkur qaror bilan ushbu yo‘nalishda amal qiladigan yangi nizom kuchga kirdi.
Qanday tartiblar joriy etildi?
Tasdiqlangan nizomda quyidagi masalalar aniq belgilandi:
- TTJda yashovchi ayrim toifadagi talabalar ro‘yxatini shakllantirish tartibi;
- yashash xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqish mexanizmi;
- TTJ xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirish va qoplash tartibi.
Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi?
Ushbu imtiyoz “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan farzandlari uchun mo‘ljallangan. Muhimi, talabalar grant yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar, to‘lovlar davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Yotoqxonaga joylashtirish va to‘lovlar tartibi
Qarorga muvofiq:
- ushbu toifadagi talabalar TTJga ustuvorlik asosida navbatsiz joylashtiriladi;
- agar davlat yotoqxonasi mavjud bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin;
- TTJ uchun to‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
To‘liq nizom bilan tanishish uchun:
👉 Faylni yuklash













Javoblar (0 )