Avstraliyada PhD: Edith Cowan universitetida $29.000 grant

Avstraliyaning Edith Cowan universitetida PhD bosqichi uchun to‘liq moliyalashtiriladigan grant. Yiliga $29.000 stipendiya va bepul o‘qish imkoniyati.

4
Avstraliyada PhD: Edith Cowan universitetida $29.000 grant

Avstraliyaning Edith Cowan universitetida PhD uchun to‘liq grant

Talabalar va tadqiqotchilar uchun ajoyib imkoniyat! Edith Cowan universiteti (ECU) PhD bosqichida o‘qish va ilmiy tadqiqot olib borish niyatida bo‘lgan nomzodlar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturini e’lon qildi.

Grant dasturining afzalliklari

Dasturga qabul qilingan talabalar o‘quv yili davomida kontrakt to‘lovidan ozod etiladi va quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

  • Yillik $29.000 miqdorida stipendiya;
  • O‘qish kontraktining 100% qoplanishi;
  • Safar va tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplab berilishi.

Dastur tanlangan yo‘nalishga qarab 3 yilgacha davom etadi. Arizalar 20-sentyabrdan boshlab qabul qilinadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

  • Magistratura bosqichini tamomlagan bo‘lish;
  • ECU doktorantura dasturiga muvaffaqiyatli qabul qilinish.

Batafsil ma'lumotlar va shartlar bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Qanday qilib ariza topshirish kerak?

Dasturda qatnashish uchun SHU YERDAN ro‘yxatdan o‘ting. Qo‘shimcha savollar uchun onlayn so‘rov yuborishingiz mumkin.

Ta’lim sohasidagi yangiliklarni, shuningdek, talabalar uchun eng muhim ma’lumotlarni va abituriyentlar uchun kerakli maslahatlarni bizning saytimizda kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar