Avstraliyada bepul ta’lim: Hedley Bull Scholarship dasturi

Avstraliyaning nufuzli Australian National University universitetida magistratura bosqichida bepul o’qish imkonini beruvchi Hedley Bull scholarship dasturi haqida.

7
Avstraliyada bepul ta’lim: Hedley Bull Scholarship dasturi

Hedley Bull Scholarship: Avstraliyada magistratura

Avstraliyaning nufuzli Australian National University (ANU) universiteti xalqaro va mahalliy talabalar uchun Hedley Bull Scholarship dasturiga arizalar qabulini e'lon qildi. Bu grant Master of International Relations (Advanced) yo'nalishida tahsil olmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Grant shartlari va imtiyozlar

  • Grant miqdori: 4 nafar g'olibning kontrakt to'lovi to'liq qoplab beriladi.
  • Muddat: Grant 2 yil davomida amal qiladi.
  • Qamrov: Barcha xalqaro va mahalliy fuqarolar ariza topshirish huquqiga ega.
  • Qulaylik: Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas, magistratura dasturiga hujjat topshirishning o'zi kifoya.

Qanday ariza topshirish kerak?

Nomzodlar avval universitetning magistratura kursiga qabul qilingan bo'lishlari shart. Hujjat topshirish jarayonida Interest formni to'ldirishni unutmang. Batafsil ma'lumotlar uchun quyidagi resurslarga o'ting:

O'qishga kirish jarayoni bo'yicha How to apply sahifasini diqqat bilan o'rganib chiqing.

Muhim eslatma

Dasturga hujjat topshirishning so'nggi muddati 15-dekabr etib belgilangan, ammo grant olish imkoniyatini oshirish uchun 31-iyuldan 11-noyabrgacha hujjat topshirish tavsiya etiladi. Ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklar va talabalar uchun foydali maslahatlarni abituriyentlar uchun mo'ljallangan bo'limlarimizda kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar