AQShda xalqaro talabalar uchun bepul 10 ta oliygoh
Amerika Qo‘shma Shtatlari sifatli ta’lim olishni istagan yoshlar uchun asosiy yo‘nalish hisoblanadi. Biroq, ko‘plab oliy o‘quv yurtlarida o‘qish narxi juda yuqori. Shunga qaramay, xalqaro talabalar uchun bepul ta’lim va grantlar taklif qiladigan muassasalar mavjud. Quyida AQShda o‘qish bepul bo‘lgan nufuzli universitetlar haqida ma’lumot beramiz.
Batafsil ma’lumotlarni va boshqa imkoniyatlarni talaba ruknimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
1. Beriya kolleji (Berea College)
Kentukki shtatida joylashgan ushbu xususiy liberal san’at kolleji 1855-yilda tashkil etilgan. Beriya kolleji har bir talaba uchun 25,000 dollardan ortiq miqdordagi to‘liq o‘qish stipendiyasini taqdim etadi. Bundan tashqari, talabalar "ish va o‘qish" (work-study) dasturi orqali yashash va ovqatlanish xarajatlarini qoplashlari mumkin.
2. Elis Lyold kolleji (Alice Lloyd College)
Pippa Passes shahrida joylashgan ushbu oliygoh talabalarga kafolatlangan bepul o‘qish imkonini beradi. O‘quvchilar dars jarayonida foydalanish uchun bepul noutbuklar bilan ta’minlanadi. Kollej bitiruvchilari AQSh bo‘yicha eng kam qarzdorlik bilan o‘qishni yakunlaydilar.
O'zbekistondagi oliygohlar kirish ballari bilan solishtirganda, AQShdagi ushbu grantlar uchun raqobat ancha yuqori bo'lishini inobatga olish lozim.
3. Vebb Instituti (Webb Institute)
Vebb Instituti muhandislik va kemasozlik sohasida yuqori sifatli ta’lim beradi. Talabalar uchun to‘liq o‘qish xarajatlarini qoplaydigan grantlar mavjud bo'lib, bu xalqaro talabalar uchun katta imkoniyatdir.
- Berea College
- Alice Lloyd College
- Webb Institute
- College of the Ozarks
- Curtis Institute of Music
- Deep Springs College
- Franklin W. Olin College of Engineering
- Barclay College
- Berean Bible College
- City University of New York (CUNY)

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.