O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qiladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, bunday abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov amalga oshirishi kerak. Bu tartib hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.
To‘lov miqdori qancha?
Reklama
Ayni paytda bazaviy hisoblash miqdori — 412 ming so‘m. Shunga ko‘ra, uning yarim baravari:
206 ming so‘mni tashkil etadi.
Demak, o‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun 206 ming so‘m to‘laydi.
Kimlar test uchun to‘lov qilmaydi?
Barcha abituriyentlar ham test sinovlari uchun to‘lov qilmaydi. Ayrim toifadagi shaxslar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lovdan ozod etilgan.
To‘lovdan ozod abituriyentlar:
- o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- mehribonlik uylari bolalari;
- bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
- “Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turuvchi yoshlar.
To‘lov kimlarga tegishli?
Mazkur to‘lov asosan maktab, litsey yoki kollejni avvalgi yillarda tugatgan va joriy yilda oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirayotgan abituriyentlarga nisbatan qo‘llanadi.
Joriy yil bitiruvchilari esa kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.