Pedagoglar uchun malaka toifa sinovlari 29-oktabrdan boshlanadi

2024-yil 29-oktabrdan 16-noyabrgacha pedagoglar uchun malaka toifa sinovlari bo’lib o’tadi. Sinov bosqichlari, vaqt va tartiblar haqida batafsil ma’lumot.

16
Pedagoglar uchun malaka toifa sinovlari 29-oktabrdan boshlanadi

Pedagoglar uchun malaka toifa sinovlari: 29-oktabrdan boshlanadi

Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun 2024-yil 29-oktabrdan boshlab malaka toifa sinovlari boshlanadi va 16-noyabrga qadar davom etadi. Mazkur jarayon haqida batafsil ma'lumotlarni pedagog kadrlar attestatsiyasi sahifasidan olishingiz mumkin.

Sinov vaqtiga oid muhim eslatma:

  • Matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa
  • Qolgan fanlar uchun90 daqiqa

Malaka sinovlarining bosqichlari:

  1. Birinchi bosqich: Mutaxassislik fani va kasbiy standartlar bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta test (mutaxassislikdan 35 ta, kasbiy standartlardan 5 ta) beriladi. To‘g‘ri javoblar 2 ball bilan baholanib, jami 80 ball beriladi.
  2. Ikkinchi bosqich: Pedagogik mahoratni aniqlash uchun ilg‘or uslub va texnologiyalardan foydalangan holda 10 ta topshiriq beriladi. To‘g‘ri javoblar 2 ball bilan baholanadi va jami 20 ball to‘plash mumkin.

Pedagoglar o'z bilimlarini sinab ko'rish uchun DTM standartidagi test tizimi orqali tayyorgarlik ko'rishlari mumkin. Shuningdek, barcha o‘quv fanlaridan @uztditestbot (o‘zbek tilida), @uztdi_qrtestbot (qoraqalpoq tilida) va @uztdi_rustestbot (rus tilida) botlari orqali bepul onlayn repetitsiyalarda qatnashishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar