2026-yilda abituriyentlar to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ball e’lon qilindi

OTM larga kirish sinovlarida bu yil ham 5 ta fan bo‘yicha 90 ta test yechiladi va maksimal natija 189 ballni tashkil etadi.

145
2026-yilda abituriyentlar to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ball e’lon qilindi

2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul test sinovlarida baholash mezonlari o‘zgarishsiz qoldirilgani e’lon qilindi.

O‘tgan yilgi tartibga ko‘ra, bu yil ham abituriyentlar jami 5 ta fan (3 ta majburiy, 2 ta mutaxassislik) bo‘yicha 90 ta test topshirig‘ini bajaradilar. Umumiy hisobda abituriyentlar to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal natija — 189 ball bo‘ladi.

  • Majburiy fanlar: Ona tili, Matematika, O‘zbekiston tarixi (har biri 10 tadan savol, jami 33 ball).
  • Mutaxassislik fanlari: 1-fan (30 ta savol, 93 ball), 2-fan (30 ta savol, 63 ball). Jami 156 ball.

Ushbu hisob-kitoblar barcha abituriyentlar uchun amalda bo‘ladi (imtiyozlilar bundan mustasno).

Reklama

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar