2025-2026 o‘quv yili uchun test dasturlari tasdiqlandi
Abituriyentlar va bo‘lajak talabalar uchun muhim yangilik: 2025–2026 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida foydalaniladigan test topshiriqlari bazasi shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining rasmiy sayti — uzbmb.uz da e’lon qilindi.
Nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Ushbu dasturlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, Prezidentning PQ-4884-son qaroriga asosan davlat ta’lim standartlari asosida tuzilgan. Tayyorgarlik jarayonida quyidagi foydali resurslardan foydalanish tavsiya etiladi:
- Barcha kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqing.
- Imtihonlarga samarali tayyorgarlik ko'rish uchun DTM standartidagi test tizimida o'zingizni sinab ko'ring.
Test materiallari umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv dasturlari bilan to‘liq uyg‘unlashtirilgan. Bu esa abituriyentlarga maktab darsliklariga asoslangan holda tizimli tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.
Siz 2025-yilgi imtihonlarga tayyorgarlikni boshladingizmi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.