Bakalavriat bosqichi talabalari uchun o‘tkazilgan 2025/2026-o‘quv yili Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovi g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi. Respublika bo‘yicha jami 101 nafar talaba Prezident stipendiyasi sohibi deb topildi.
Tanlovda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kirita olmagan talabalar ham e’tibordan chetda qolmaydi. Oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan ular rag‘batlantiriladi:
- Prezident davlat stipendiyasi talabgorlariga — bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari;
- Nomli davlat stipendiyalari talabgorlariga — bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik pul mablag‘i to‘lanadi.
Magistratura bosqichi talabalari uchun natijalar vazirlik hay’ati tasdig‘idan so‘ng e’lon qilinishi kutilmoqda.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.