2024-yilda o‘qishni ko‘chirish (perevod) tartibi
Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik: Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish (perevod) jarayonlari 15-iyuldan boshlandi. Arizalar 5-avgustga qadar qabul qilinadi.
O‘qishni ko‘chirish platformalari
Jarayonlar ikki xil platforma orqali amalga oshiriladi:
- transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga ko‘chirish uchun.
- my.uzbmb.uz — xorijiy yoki nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘tish uchun.
O‘qishni ko‘chirish uchun ruxsat etilgan toifalar
O‘qishni ko‘chirishda quyidagi asosiy toifalarga ruxsat beriladi:
- Talaba turmush qurgan taqdirda, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
- Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda (farzandi yoki turmush o‘rtog‘i uchun).
Xorijiy va xususiy OTM talabalari davlat OTMiga o‘tish uchun maxsus imtihon topshirishlari shart. Kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Muhim ma’lumotlar
"Perevod" uchun belgilangan o‘tish ballari haqida batafsil ma’lumotni talabalar uchun ajratilgan bo‘limdan yoki tegishli rasmiy manbalardan olishingiz mumkin.
Ushbu jarayon bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalaringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.