1-sentabrdan til sertifikati uchun o‘qish xarajatlari qoplab beriladi
Ta’lim sohasidagi muhim yangilik: 2024-yil 1-sentabrdan boshlab yoshlarning xorijiy til sertifikatini olish va o‘qish xarajatlari qisman qoplab beriladi. Bu o‘zgarishlar ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari uchun amal qiladi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimini takomillashtirish maqsadida, xalqaro imtihon tizimlaridan kamida C1 va unga tenglashtirilgan daraja olgan yoshlarning 6 oygacha bo‘lgan o‘qish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 3 baravarigacha mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, abituriyentlar uchun imtihon topshirish xarajatlari ham kompensatsiya qilinadi.
Kompensatsiya qilinadigan tillar va imtihonlar
- Ingliz tili: IELTS
- Nemis tili: Test DAF, Goethe-Zertifikat
- Fransuz tili: DELF/DALF, TCF
- Koreys tili: TOPIK I-II
- Xitoy tili: HSK
- Yapon tili: JLPT
2027-yilgacha ushbu tillar bo‘yicha imtihon xarajatlarini qoplash uchun talab qilinadigan minimal ball ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi. Bu milliy sertifikat sanalari va xalqaro imtihonlarga tayyorlanayotgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
Kompensatsiya olish shartlari
- Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali topshiriladi.
- Sertifikat olingan kundan boshlab 180 kun ichida murojaat qilish lozim.
- Yoshlar ishlari agentligi tomonidan sertifikat haqiqiyligi tasdiqlanishi shart.
- O‘quv markazi bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma ilova qilinishi kerak.
Unutmang, o‘qish xarajati uchun kompensatsiya olish uchun imtihon xarajati bo‘yicha ham murojaat qilingan bo‘lishi talab etiladi. Alohida faqat o‘qish xarajatlari uchun qilingan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.