Maktab sinflari repetitorlarga bepul ijaraga beriladi

Prezident qaroriga ko’ra, maktablarning bo’sh sinflari o’quv markazlari uchun bepul ajratiladi hamda til sertifikatlari xarajatlari qoplab beriladi.

4
Maktab sinflari repetitorlarga bepul ijaraga beriladi

Maktablardagi bo‘sh sinflar repetitorlar uchun bepul bo‘ladi

Prezident boshchiligidagi selektor yig‘ilishida ta’lim sohasiga oid muhim yangiliklar e’lon qilindi. Endilikda maktablardagi bo‘sh sinf xonalaridan chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari foydalanishi uchun bepul ijaraga beriladi.

Til sertifikatlari va o‘qish xarajatlarini qoplash

Yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga rag‘batlantirish maqsadida yangi imtiyozlar joriy etilmoqda:

  • C1 darajasidagi xalqaro sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlari qoplab beriladi.
  • Nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha B2 darajasi sertifikatini olish xarajatlari ham davlat tomonidan qoplanadi.
  • Joriy yilda nafaqat imtihon to‘lovlari, balki 6 oylik o‘qish xarajatlari ham qoplab berilishi belgilandi.

Abituriyentlar uchun milliy sertifikat sanalari haqidagi ma’lumotlar hamda abituriyentlar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borish muhim.

Batafsil ma'lumot olish uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar