1-kurs talabalari uchun yotoqxonaga ariza topshirish tartibi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-kurs talabalari uchun yotoqxonaga joylashish jarayoni boshlanganini ma’lum qilindi. Endilikda talabalar turar joyi axborot tizimi orqali elektron ariza yuborish imkoniyati mavjud.
Siz talabalar uchun barcha dolzarb yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari bilan bog‘liq ma’lumotlar uchun oliygohlar kirish ballari sahifasiga o‘tishingiz tavsiya etiladi.
Yotoqxonaga qabul qilishda ustuvorlikka ega toifalar
Talabalar turar joylariga joylashishda quyidagi toifadagi yoshlarga ustuvorlik beriladi:
- “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari hamda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
- Ijtimoiy himoya yagona reyestri, Temir daftar, Ayollar daftari va Yoshlar daftariga kiritilgan oilalar farzandlari;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
- Bir oiladan ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar;
- Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
- “Yil talabasi”, “Talabalar teatr studiyalari” hamda “Zakovat” o‘yinlari g‘oliblari.
Yotoqxona to‘lovidan ozod etish va chegirmalar
Ayrim toifadagi talabalar yotoqxona to‘lovidan to‘liq ozod etiladi yoki ularga 50 foizgacha chegirmalar taqdim etiladi:
To‘liq ozod etiladiganlar:
- Ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
- Chin yetimlar va yetimlar;
- Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.
50 foiz chegirma beriladiganlar:
- Umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironligi borlar;
- Talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalar.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.