Abituriyentlar diqqatiga: Javoblar varaqasini to‘ldirish qoidalari

DTM test sinovlarida javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha muhim qo‘llanma. Xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tavsiyalar bilan tanishing.

2
Abituriyentlar diqqatiga: Javoblar varaqasini to‘ldirish qoidalari

Abituriyentlar uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Joriy o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi (titul) namunasi tasdiqlandi. Test sinovlarida yuqori natijaga erishish va texnik xatolardan qochish uchun abituriyentlar uchun mo‘ljallangan ushbu qoidalarni diqqat bilan o‘rganib chiqing.

Javoblar varaqasini to‘ldirishda nimalarga e'tibor qaratish lozim?

Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to‘g‘ri to‘ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang!

  • Bo‘yaganda doiradan tashqariga chiqmang;
  • Doira ichini to‘liq bo‘yamaslik xato hisoblanadi;
  • Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas (skaner teshilgan javobni xato deb baholaydi);
  • Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo‘yash mumkin emas.

Muhim: Xato qilganingiz taqdirda sizga yangi titul varaqasi berilmaydi! Tayyorgarlik jarayonida kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlari bilan tanishib borishni tavsiya etamiz. Ushbu foydali ma'lumotni boshqa abituriyentlarga ham tarqating.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar