To‘lov-kontrakt miqdori: 2024/2025 o‘quv yili narxlari

2024/2025 o‘quv yili uchun kontrakt narxlari qancha bo‘ladi? Bakalavriat yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt miqdori 7,4 mln so‘mdan 11,25 mln so‘mgacha belgilandi.

4
To‘lov-kontrakt miqdori: 2024/2025 o‘quv yili narxlari

2024/2025 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdorlari qanday bo‘ladi?

Oliy ta’lim muassasalari bilan bog’liq muhim yangilik e’lon qilindi. 2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt miqdorlari 7 mln 400 ming so‘mdan – 11 mln 250 ming so‘mgacha bo‘lgan oraliqda belgilandi.

Kontrakt narxlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova respublika oliy va professional o‘quv muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi haqidagi brifingida ma’lum qildi. Amaldagi kontrakt to‘lovlari bitta talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarining o‘rta hisobda 65,5 foizini qoplaydi.

Agar siz tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha kirish ballari yo‘nalishlar kesimida ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, bizning ma’lumotlar bazasidan foydalanishingiz mumkin.

Yetishmagan mablag‘lar qanday qoplanadi?

  • Yetishmagan mablag‘lar oliy ta’lim muassasalarining tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanishi kutilmoqda.
  • Texnika, madaniyat va san’at hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi aksariyat oliy ta’lim muassasalarida yetishmayotgan mablag‘larning bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilmoqda.

Oliy ta’lim va talabalar uchun eng so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun saytimizni kuzatib boring. Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar