4K modeli: Pedagoglar malakasini oshirishning yangi bosqichi
Ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan Toshkent davlat pedagogik universiteti professor-o‘qituvchilari uchun “4K” modelini qo‘llash bo‘yicha maxsus malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Kurs doirasida darslik mualliflari va respublika trenerlari ishtirokchilarga o‘qitishning zamonaviy metodikalarini tushuntirib, tajriba almashishmoqda. Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilgan:
- 4K modelini boshlang‘ich sinf o‘quv jarayoniga tatbiq etish;
- O‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning samarali pedagogik yechimlari;
- Yangi avlod darsliklaridan unumli foydalanish metodikasi.
Bo'lajak o'qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar
Ushbu kursda malaka oshirgan professor-o‘qituvchilar bo‘lajak pedagoglarning yangi darsliklar bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini talabalik davridanoq shakllantirib borishadi. Bu esa o‘z navbatida talabalar uchun sifatli amaliy tajriba orttirish imkonini beradi.
Siz ushbu yangilik haqida qanday fikrdasiz? O'z mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.