Xorijiy til o’qituvchilari: B2 sertifikati majburiy!

Xorijiy til o’qituvchilari diqqatiga! 2024/2025-o’quv yiliga qadar B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat olish talablari va tartibi bilan tanishing.

6
Xorijiy til o’qituvchilari: B2 sertifikati majburiy!

Xorijiy til o'qituvchilari uchun muhim talab

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilariga muhim eslatma bilan chiqdi.

B2 sertifikati majburiy

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq, pedagoglar malakasini oshirish va ta'lim sifatini yaxshilash maqsadida quyidagi talab belgilangan:

  • 2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi shart.

Sertifikat olishga tayyorgarlik ko'rayotgan pedagoglar milliy sertifikat sanalari bilan tanishib, o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishlari mumkin.

Pedagoglar uchun qo'shimcha ma'lumotlar

O'z ustida ishlayotgan va malakasini oshirishni maqsad qilgan ustozlarimiz uchun pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari haqidagi ma'lumotlar ham juda muhim hisoblanadi.

Vazirlik tomonidan qo‘yilgan ushbu talab ta’lim tizimidagi kadrlar salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Barcha xorijiy til ustozlarini belgilangan muddatgacha tegishli sertifikatlarni qo‘lga kiritishga chaqiramiz.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar