Bugun ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Instagram sahifalarida go'yoki "kvota aldovi" haqida asossiz videolar tarqaldi. Ularda davlat tomonidan e'lon qilingan kvota 234 mingta emas, balki 205 mingta ekani da'vo qilinmoqda. Mazkur tushunmovchilikka oydinlik kiritish uchun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov rasmiy izoh berdi.
Vazirning tushuntirishicha, e'lon qilingan 234 mingdan ortiq kvota — bu faqat kunduzgi ta'lim shakli uchun emas, balki respublika bo'yicha barcha ta'lim shakllari (kunduzgi, kechki va masofaviy) uchun ajratilgan umumiy qabul ko'rsatkichidir. Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan 205 minglik raqam esa faqat ma'lum bir yo'nalish yoki cheklangan ko'rsatkich bo'lib, umumiy kvotani aks ettirmaydi. Avvalroq InfoEdu.uz barcha qabul kvotalari to'liq e'lon qilingani haqida batafsil ma'lumot bergan edi.
Vazirlik abituriyentlar va ota-onalarni ta'lim tizimining qabul metodologiyasini tushunmaydigan, shunchaki auditoriya yig'ish ilinjida bo'lgan asossiz ijtimoiy tarmoq sahifalaridan o'zini yiroq tutishga chaqirmoqda. Ishonchli ma'lumotlarni faqat rasmiy manbalardan oling.
Reklama
Ta'limga oid ishonchli va tezkor yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.