City University of Hong Kong grant dasturi
Dunyodagi TOP 100 talikka kiruvchi City University of Hong Kong yuqori akademik salohiyatga ega xorijiy talabalar uchun "Entrance Scholarship Scheme" grant dasturini taqdim etadi. Agar siz sifatli xorijiy ta'limni maqsad qilgan bo'lsangiz, bu ajoyib imkoniyatdir.

Abituriyentlar uchun ushbu universitetga kirish bo'yicha asosiy talablar quyidagicha:
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar
- IELTS kamida 6.5 yoki TOEFL iBT 79 darajasidagi xalqaro sertifikat.
- 12 yillik taʼlim bosqichini tamomlagan yoki o‘qish boshlanguniga qadar tugatishi kerak.
Grant turlari va imtiyozlar
Grantlar talabaning akademik ko'rsatkichlariga qarab avtomatik tarzda belgilanadi:
- Top Scholarship: Kontrakt, yotoqxona va yashash xarajatlari (taxminan 23 000 AQSH dollari).
- Full Tuition Scholarship: To'liq yillik kontrakt to'lovi (taxminan 18 000 AQSH dollari).
- Half Tuition Scholarship: Yarim yillik kontrakt to'lovi (taxminan 9 000 AQSH dollari).
Muhim: Grantni saqlab qolish uchun talabaning GPA ko'rsatkichi 3.4 dan past bo'lmasligi talab etiladi. Talabalar uchun o'qishga qabul jarayoni har yili sentabr oyining oxiridan 15-noyabrga qadar davom etadi.
Qabul jarayoni
- Ushbu havola orqali batafsil hujjatlar ro'yxati bilan tanishing.
- Xalqaro nomzodlar uchun namunaviy ariza shakli: Pdf formatda
Batafsil ma'lumot: Universitet rasmiy sayti

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.