Turkiya: Acıbadem universitetida 100% lik grant dasturi

Turkiyaning nufuzli Acıbadem universitetida tibbiyot yo‘nalishida bepul o‘qish imkonini beruvchi 100% lik grant dasturiga qanday hujjat topshirish kerak?

6
Turkiya: Acıbadem universitetida 100% lik grant dasturi

Acıbadem universitetida 100% lik grant dasturi

Turkiyada tibbiyot sohasida tahsil olishni istagan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyat! Istanbuldagi nufuzli Acıbadem universiteti xalqaro talabalar uchun 100% lik to‘liq grant dasturini e’lon qildi.

See the source image

Universitet haqida

2007-yilda tashkil etilgan Acıbadem universiteti tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasiga ixtisoslashgan Turkiyaning yetakchi xususiy oliygohlaridan biridir.

Grant shartlari va imtiyozlar

Grant dasturi doirasida tanlab olingan talabalar yillik o‘quv to‘lovidan (3 500 dan 27 000 AQSh dollarigacha) 100% ozod etiladi. Dasturda barcha davlatlar fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Qabul talablari

Universitetga kirish uchun quyidagi talablar mavjud:

  • GRE (kamida 149) yoki GMAT (kamida 450) ballari;
  • Til sertifikati: YDS (85), TOEFL IBT (80), CAE (C) yoki PTE (67).

O‘zingizga mos yo‘nalishlarni tanlash uchun kirish ballari va yo‘nalishlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya etamiz.

Kerakli hujjatlar

  • Maktab yoki kollej diplomi;
  • Tarjimai hol (CV);
  • Ikkita tavsiyanoma;
  • Fotosurat va pasport nusxasi.

Hujjat topshirish: Nomzodlar avvalo universitetning rasmiy sayti orqali onlayn ariza topshirishlari shart. Qabul qilingan talabalar avtomatik ravishda grant uchun nomzod sifatida ko‘rib chiqiladi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar