Toshkentda Italiyaning Piza universiteti filiali ochilmoqda
O'zbekiston ta'lim tizimida navbatdagi muhim qadam qo'yildi. Hukumat qaroriga (710-son, 24.11.2021 y.) binoan, Toshkent shahrida Italiyaning nufuzli Piza universiteti filiali o'z faoliyatini boshlaydi.
Ta'lim yo'nalishi va afzalliklari
Yangi filial asosan geologiya sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashadi. Bu yerda nafaqat nazariy bilimlar, balki sohadagi dolzarb tadqiqotlar ham olib boriladi.
- Ta'lim tili: o'zbek, ingliz va rus tillarida.
- Ta'lim shakli: kunduzgi (kontrakt asosida).
- Diplom: bitiruvchilarga Piza universitetining xalqaro darajadagi diplomi beriladi.
Abituriyentlar uchun oliygohlar kirish ballari va abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar bilan tanishib borish tavsiya etiladi.
Piza universiteti haqida
Italiyaning Piza shahridagi ushbu oliygoh (Università di Pisa) Yevropaning eng qadimiy va nufuzli ta'lim dargohlaridan biri sanaladi. XI asrga borib taqaladigan tarixga ega mazkur universitet 1343-yilda rasman universitet maqomini olgan. Bugungi kunda u yerda 11 ta fakultet faoliyat yuritib, 57 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.
Filialda o'quv jarayoni tegishli litsenziya olingandan so'ng 2022/2023 o'quv yilidan boshlanishi rejalashtirilgan. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.