TDYU akademik litseyiga kirish imtihonlari: Muhim sanalar
2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) akademik litseylariga kirish test sinovlari 2024-yil 27-iyul kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari tartibi va fanlar
Imtihonlar huquq, chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. Talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i beriladi va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.
Baholash tizimi
Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ballni tashkil etadi:
- Huquq fani: 3,1 balldan (jami 62 ball)
- Chet tili fani: 2,1 balldan (jami 42 ball)
- IQ darajasi: 1,1 balldan (jami 22 ball)
Abituriyentlar uchun foydali manbalar: kirish ballari yo'nalishlar kesimida va DTM standartidagi test tizimi bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
Imtihonga kirish uchun zaruriy qadamlar
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari shart. Imtihon hududiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan soat 08:00 dan kechikmagan holda kelish talab etiladi.
TDYU akademik litseylariga kirish test sinovlari adolatli va shaffof o‘tkazilishi uchun barcha choralar ko‘rilgan. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.