Texnikum bitiruvchilari baholarini qalbakilashtirish holatlari fosh etildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan texnikum bitiruvchilarining hujjatlari yuzasidan o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari e’lon qilindi. Afsuski, abituriyentlar uchun muhim bo’lgan jarayonda qonunbuzarliklar aniqlandi.
Nimalar aniqlandi?
22-avgust holatiga ko’ra, OTMlarga suhbat asosida kirgan 2000 dan ortiq texnikum bitiruvchisining ma’lumotlari qayta ko’rib chiqildi. Natijada quyidagi qoidabuzarliklar qayd etildi:
- "3" va "4" baholarni "5" bahoga ataylab o’zgartirish holatlari;
- Vazirlar Mahkamasi nizomiga zid bo’lgan jami 68 ta holat aniqlandi;
- Barcha holatlar tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Tekshiruv jarayoni qanday kechmoqda?
Ushbu tekshiruv ishlari OTMlardagi "Komplayens-nazorat tizimi xodimlari rahbarligida 14 ta ishchi guruh tomonidan amalga oshirilmoqda. Maqsad – ta’lim sifatini saqlash va oliygohlarga kirishda adolatni ta’minlashdir. Tekshiruv-o’rganish ishlari davom etmoqda.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.