Test sinovida abituriyentning huquq va majburiyatlari

Davlat OTMlariga kirish test sinovlarida abituriyentning huquq va majburiyatlari, javoblar varaqasini to‘ldirish tartibi hamda apellyatsiya huquqi haqida batafsil.

Test sinovida abituriyentning huquq va majburiyatlari

Davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida abituriyentlar belgilangan huquq va majburiyatlarga amal qilishi lozim. Shuningdek, test jarayonida javoblar varaqasini to‘g‘ri rasmiylashtirish va belgilangan qoidalarga rioya etish muhim hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga muvofiq, test sinovlari davomida abituriyentlar quyidagi huquq va majburiyatlarga ega.

Abituriyentning huquqlari

Reklama

Test sinovlari vaqtida abituriyent:

  • test savollari kitobida nuqson aniqlansa, guruh nazoratchisidan uni almashtirishni talab qilish;
  • test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
  • parta ustiga qo‘yilgan ichimlik suvi, ruchka va test topshiriqlarini yechishda ruxsat etilgan yordamchi materiallardan foydalanish;
  • test topshiriqlarini belgilangan vaqtdan oldin tugatib, test hududini tark etish;
  • test natijasidan norozi bo‘lsa, apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Abituriyentning majburiyatlari

Test sinovlari davomida abituriyent:

  • javoblar varaqasini to‘g‘ri to‘ldirish;
  • test kitobi muqovasi va javoblar varaqasidagi tegishli joylarni rasmiylashtirish;
  • javoblar varaqasini faqat havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish;
  • javoblar varaqasini bukmaslik, marker chiziqlariga yozmaslik va raqam ostidagi doirachalarni bo‘yamaslik;
  • test topshirig‘i yoki javob variantida xatolik aniqlansa, uni belgilangan tartibda maxsus shaklda qayd etish;
  • belgilangan vaqt ichida javoblarni javoblar varaqasidagi mos doirachalarga belgilash;
  • test yakunida test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirishi shart.

Test vaqtida sog‘lig‘i yomonlashsa nima bo‘ladi?

Qoidalarga ko‘ra, test sinovi davomida abituriyentning sog‘lig‘i yomonlashib, tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan olib chiqilsa yoki u o‘z xohishiga ko‘ra test hududini tark etsa, uning natijasi chiqib ketguniga qadar javoblar varaqasida belgilangan javoblar asosida hisoblanadi.

Bunday holatda abituriyentga test sinovini boshqa vaqtda qayta topshirish imkoniyati berilmaydi.

InfoEdu.uz tahririyati tavsiya etishicha, test sinoviga borishdan avval abituriyentlar ushbu qoidalar bilan tanishib chiqishlari va test kuni ularning barchasiga amal qilishlari maqsadga muvofiq.

Agar test savollari kitobida nuqson aniqlansa, abituriyent darhol guruh nazoratchisiga murojaat qilib, kitobni almashtirishni talab qilishi mumkin.
Javoblar varaqasi faqat havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirilishi kerak. Boshqa rangdagi ruchkadan foydalanish belgilangan tartibga zid hisoblanadi.
Yo‘q. Agar abituriyent sog‘lig‘i yomonlashgani sababli test hududini tark etsa yoki tez tibbiy yordam tomonidan olib chiqilsa, natija o‘sha vaqtgacha belgilangan javoblar asosida hisoblanadi va testni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar