TDYUning ayrim yo‘nalishlariga kirish uchun IQ test topshiriladi

2026/2027-o‘quv yilidan Toshkent davlat yuridik universitetining ayrim yo‘nalishlariga kirishda IQ test joriy etildi. Kimlar topshiradi va qanday talablar qo‘yiladi?

166
TDYUning ayrim yo‘nalishlariga kirish uchun IQ test topshiriladi

2026/2027-o‘quv yili qabulidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining ayrim bakalavriat yo‘nalishlariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar uchun IQ test sinovlari joriy etildi.

Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-son qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, yurisprudensiya yo‘nalishlariga qabul qilish jarayoniga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni nazarda tutadi.

IQ test qaysi yo‘nalishlar uchun o‘tkaziladi?

Reklama

Yangi tartib quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tatbiq etiladi:

  • Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik;
  • Raqamli huquq.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ushbu yo‘nalishlarni tanlagan hamda IQ test topshirishni belgilagan abituriyentlar mazkur sinovda ishtirok etadi.

Abituriyentlar ushbu yo‘nalishlarga hujjat topshirishdan avval Toshkent davlat yuridik universiteti haqida batafsil ma’lumot va o‘tgan yilgi kirish ballari bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

IQ test qanday tashkil etiladi?

Qarorga ko‘ra, IQ test sinovlari Toshkent davlat yuridik universiteti hamkor xorijiy tashkilot bilan tuzilgan shartnoma asosida har yili 10-iyulgacha o‘tkaziladi.

Testlarni tashkil etish va natijalarni baholash jarayoni xorijiy tashkilotning belgilangan mezonlari asosida amalga oshiriladi.

IQ testdan o‘tish nega muhim?

IQ test mazkur yo‘nalishlarga qabul qilishning majburiy bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Faqat IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlargina oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlash bosqichida "Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik" hamda "Raqamli huquq" yo‘nalishlarini tanlash huquqiga ega bo‘ladi.

Chet tili sertifikati ham talab etiladi

IQ testdan tashqari, ushbu ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun chet tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat bo‘lishi shart.

Shu sababli abituriyentlar hujjat topshirishdan oldin sertifikatning amal qilish muddati va belgilangan talablarga mosligini tekshirib olishlari lozim.

Abituriyentlarga tavsiya

Mazkur yo‘nalishlarda o‘qishni rejalashtirayotgan abituriyentlar:

  • ro‘yxatdan o‘tishda tanlovlarini diqqat bilan tekshirishi;
  • IQ test bo‘yicha e’lon qilinadigan rasmiy ma’lumotlarni kuzatib borishi;
  • B2 darajadagi chet tili sertifikatini oldindan tayyorlab qo‘yishi tavsiya etiladi.
IQ test Toshkent davlat yuridik universitetining "Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik" hamda "Raqamli huquq" yo‘nalishlariga qabulda o‘tkaziladi.
Yo‘q. Faqat IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlargina ushbu yo‘nalishlarni tanlashi mumkin.
Ha. Tanlovda ishtirok etish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro chet tili sertifikati talab etiladi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar