Tarix fanidan testda tushgan savollar va javoblar e’lon qilindi

2026-yil 14-iyul kuni 1-smenada o‘tkazilgan tarix fani test sinovida tushgan savollar va javoblar bilan tanishing.

Tarix fanidan testda tushgan savollar va javoblar e’lon qilindi

2026-yil 14-iyul kuni oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda abituriyentlar tomonidan tarix fanidan testda tushgan savollar va ularning javoblari ulashilmoqda.

Quyida tarix fanidan tarqalgan savollar va ularga mos javoblar keltirilgan.

Tarix fanidan tushgan savollar

Reklama

SavolJavob
Quyida berilgan Xiva hukmdorlaridan qaysi biri hokimiyatni inoq unvonida boshqargan?Avaz Muhammad
Kushonlar davriga oid oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari qayerdan topilgan?Qadimgi Termiz
Tarixiy ma'lumot to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.Mirzo Ulug‘bek — "Ziji Jadidi Ko‘ragoniy" asari muallifi
Quyidagi jadid namoyandalaridan qaysi biri Toshkentda faoliyat olib borgan?Abdulla Avloniy
XX asr 30-yillarida siyosiy qatag‘onga uchragan shaxsni aniqlang.Fayzulla Xo‘jayev
Qo‘qon xonligida harbiy xarajatlar uchun qanday soliq olingan?Miltiq puli
Xiva shahrida faoliyat olib borgan jadidni aniqlang.Bobooxun Salimov
Quyidagi davlatlardan qaysi biri XX asrda tugatilgan?Buxoro amirligi
Qutayba ibn Muslim tomonidan egallangan shaharni aniqlang.Samarqand
IV–XV asrlarda O‘rta Osiyoda hukmronlik qilgan davlatlardan birini aniqlang.Tohiriylar

InfoEdu.uz eslatib o‘tadiki, ushbu savollar abituriyentlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ulashilgan bo‘lib, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e'lon qilingan rasmiy test varianti hisoblanmaydi.

Yo‘q. Savollar abituriyentlar tomonidan test sinovidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ulashilgan.
Mazkur savollar 2026-yil 14-iyul kuni 1-smenada o‘tkazilgan test sinovidan jamlangan.
Test natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy platformalari orqali e'lon qilinadi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar