O‘zbekistonda ta’lim turlari: To‘liq qo‘llanma (2024)

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim tizimi qanday turlarga bo‘linadi? Barcha ta’lim bosqichlari va xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot.

O‘zbekistonda ta’lim turlari: To‘liq qo‘llanma (2024)

O‘zbekistonda ta’lim tizimi: Qonunchilikka ko‘ra turlari

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining huquqiy asoslarini belgilab beradi. Ushbu qonunga muvofiq, mamlakatimizda ta’lim tizimi uzluksiz va bosqichma-bosqich rivojlanib boradi.

O‘zbekistonda ta’limning asosiy turlari

Qonunchilikka ko‘ra, ta’lim tizimi quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • Maktabgacha ta’lim va tarbiya – bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish.
  • Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim – 1-11-sinflarni qamrab oluvchi umumiy o‘rta ta’lim. Maktab darsliklarini yuklab olish orqali o‘quv jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.
  • Professional ta’lim – kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda mutaxassis tayyorlash.
  • Oliy ta’lim – bakalavriat va magistratura bosqichlari. Oliy ta’lim muassasalariga kirishni rejalashtirayotganlar oliygohlar kirish ballari bilan oldindan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.
  • Oliy ta’limdan keyingi ta’lim – doktorantura orqali ilmiy salohiyatni oshirish.
  • Kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish – mutaxassislikni yangilash.
  • Maktabdan tashqari ta’lim – san’at, sport va ijodiy markazlar orqali qo‘shimcha bilim olish.

Maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishlari:

  • Bolalar ijodiyoti saroylari va markazlari;
  • “Barkamol avlod” bolalar maktablari;
  • Sport, musiqa va san’at maktablari.

Siz ta’lim tizimidagi ushbu o‘zgarishlar haqida nimalarni o‘ylaysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Reklama

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar