Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini komissiyasiz to‘lash

Oliy ta’lim muassasalarida shartnoma to‘lovlarini PayMe, Zoomrad va my.gov.uz orqali qanday qilib komissiyasiz (0%) onlayn to‘lashni bilib oling.

7
Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini komissiyasiz to‘lash

Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini komissiyasiz to‘lash bo‘yicha qo‘llanma

Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini amalga oshirishda qulayliklar yaratildi. Endilikda to‘lovlarni komissiyasiz (0%) onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.

PayMe orqali shartnoma to‘lovini qanday amalga oshirish kerak?

To‘lovni amalga oshirish uchun quyidagi amallarni bajaring:

  • “PayMe” ilovasidagi “To‘lovlar” sahifasiga kiring.
  • “Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы” xizmatini tanlang.
  • JSHSHIR raqamini va to‘lov summasini kiriting.
  • “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni tekshirib oling va to‘lovni tasdiqlang.

PayMe mobil ilovasi orqali to‘lov amalga oshirilganda hech qanday komissiya olinmaydi.

Boshqa qulay usullar

Shartnoma to‘lovlarini quyidagi platformalar orqali ham komissiyasiz (0%) to‘lashingiz mumkin:

  • my.gov.uz portali;
  • “Zoomrad” mobil ilovasi.

Ta'lim sohasidagi yangiliklar va talabalar uchun foydali ma'lumotlarni kuzatib boring. Shuningdek, oliygohlar kirish ballari haqidagi ma'lumotlar bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatma: Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar