Talabalar o‘qishini ko‘chirish: Asosiy qoidalar va muddatlar
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish jarayoni qat’iy tartibga solingan. Agar siz o‘qishingizni boshqa OTMga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, talabalar uchun muhim qoidalarni bilishingiz shart.
Arizalar qachon va qayerga beriladi?
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi. Arizalar 5-avgustdan 30-avgustga qadar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, doimiy yashash manzili o‘zgarganda ariza 20-dekabrdan 20-yanvargacha topshirilishi mumkin.
Bir OTM doirasida o‘qishni ko‘chirish bevosita o‘sha ta’lim muassasasi tomonidan, boshqa holatlarda esa Hududiy ishchi guruhlar orqali amalga oshiriladi. Tanlangan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishish jarayonni rejalashtirishda yordam beradi.
O‘qishni ko‘chirish kim tomonidan amalga oshiriladi?
- Rektor buyrug‘i bilan: Bir OTM ichida mos va turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha.
- Vazirlik qarori bilan: Bir vazirlikka qarashli OTMlar o‘rtasida yoki turli vazirliklar doirasidagi mos yo‘nalishlar bo‘yicha.
- Davlat komissiyasi qarori bilan: Xorijiy OTMlardan o‘qishni ko‘chirish yoki turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga o‘tishda.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
O‘qishni ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar jamlanmasi kerak bo‘ladi:
- Ariza (ta’lim yo‘nalishi, tili va shakli ko‘rsatilgan holda);
- Reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
- Pasport yoki ID karta nusxasi.
Ariza qanday holatlarda rad etilishi mumkin?
O‘qishni ko‘chirish arizalari quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
- Akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda o‘qiganlar;
- 1-kurs 1-semestrni tugatmagan talabalar;
- Fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;
- OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganda;
- Kontrakt to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmaganda.
Xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar uchun maxsus sinov (test yoki yozma ish) topshirish majburiy hisoblanadi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.