InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?

Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik e’lon qilindi. Qisqacha mazmun:harbiy xizmatni o’tash uchun; salomatligini tiklash uchun; homiladorlik va tug’ish uchun; bolalarni parvarish qilish uchun; oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar, turmush o’rtog’i, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga […]

2
Talaba qanday holatlarda akademik taʼtil olishi mumkin?
Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik e'lon qilindi.

Qisqacha mazmun:
harbiy xizmatni o'tash uchun; salomatligini tiklash uchun; homiladorlik va tug'ish uchun; bolalarni parvarish qilish uchun; oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar, turmush o'rtog'i, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.
Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.
Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

  • harbiy xizmatni o'tash uchun;
  • salomatligini tiklash uchun;
  • homiladorlik va tug'ish uchun;
  • bolalarni parvarish qilish uchun;
  • oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar, turmush o'rtog'i, farzandi) parvarish qilish uchun akademik taʼtil beriladi.

Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati qay tartibda ko‘rib chiqiladi?

Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi. Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.

Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.

  • Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.
  • Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar to'lanmaydi.
  • Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari o'zlashtirilgan fanlarni qayta o'zlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.


Batafsil ma'lumot uchun oliygoh.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar