InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Super-kontraktni bo‘lib to‘lash muddatlari haqida

Bugungi kunda ta’lim sohasidagi eng dolzarb xabar shu bo’ldi: Qisqacha mazmun:Ko‘pchilik agar biz 50% ni to‘lasak, qolgan yarmini qachon to‘lash kerak, deb so‘rayapti.Ya’ni: 75% qismini — 1-aprelgacha; 100% qismini — 1-iyulgacha.Lekin bu 10% chegirma oddiy kontrakt uchun hamda 4 ballgacha shkaladagi super-kontrakt uchun taalluqli emas. Qoidaga ko‘ra, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar talabalikka qabul qilish to‘g‘risida buyruq […]

2
Super-kontraktni bo‘lib to‘lash muddatlari haqida
Bugungi kunda ta'lim sohasidagi eng dolzarb xabar shu bo'ldi:

Qisqacha mazmun:
Ko‘pchilik agar biz 50% ni to‘lasak, qolgan yarmini qachon to‘lash kerak, deb so‘rayapti.
Ya’ni: 75% qismini — 1-aprelgacha; 100% qismini — 1-iyulgacha.
Lekin bu 10% chegirma oddiy kontrakt uchun hamda 4 ballgacha shkaladagi super-kontrakt uchun taalluqli emas.

Qoidaga ko‘ra, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar talabalikka qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqishi uchun dastlab 50% qismini to‘lashi kerak. Oddiy kontraktga kirganlar esa 25% qismini to‘lasa yetadi.

Odatda super-kontraktning yarmini 15-sentyabrgacha to‘lashni so‘rashadi. Ammo kontrakt va super-kontrakt miqdorlari kech tasdiqlangani hamda natijada ariza berish kech boshlangani hisobiga ushbu muddat uzaytirilsa kerak (oddiy kontraktda ham). O‘zi har yili uzaytirishadi bu muddatni.

Ko‘pchilik agar biz 50% ni to‘lasak, qolgan yarmini qachon to‘lash kerak, deb so‘rayapti.

Qolgan 50% qismini OTM rektorlari belgilagan muddatda to‘lash kerak. Odatda bu muddatlar oddiy kontrakt muddatlari bilan bir xil bo‘ladi. Ya’ni:

  • 75% qismini — 1-aprelgacha;
  • 100% qismini — 1-iyulgacha.

Eslatib o‘tamiz, agar super-kontraktni 15-oktyabrga qadar 100% miqdorda qoplasangiz, sizga 10% chegirma beriladi. Lekin bu 10% chegirma oddiy kontrakt uchun hamda 4 ballgacha shkaladagi super-kontrakt uchun taalluqli emas.



Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar