Stipendiyali kontrakt nima?
Oliy ta'lim muassasalarida o'qish uchun kontrakt to'lovlarini amalga oshirishda ikki xil variant mavjud: bazaviy (stipendiyasiz) va stipendiyali kontrakt. Ko'plab talabalar stipendiyali kontrakt qanday ishlashini va u qachon manfaatli ekanligini bilishni xohlashadi.
Stipendiyali kontrakt qanday hisoblanadi?
Kontrakt miqdori stipendiyali bo'lishi uchun bazaviy kontrakt summasiga 12 oylik stipendiya puli qo'shiladi. Masalan, joriy stipendiya miqdori 517 880 so'm bo'lsa, bir yillik stipendiya 6 214 560 so'mni tashkil etadi.
Agar bazaviy kontrakt 6 412 610 so'm bo'lsa, umumiy stipendiyali kontrakt summasi 12 627 170 so'mga teng bo'ladi. Bu mablag' talabaga o'qish davomida har oyda stipendiya shaklida qaytarib beriladi.
Stipendiyali kontraktning afzalliklari
- Soliq imtiyozi: Oylik ish haqidan kontrakt to'laydiganlar stipendiyali shartnoma orqali daromad solig'idan imtiyozga ega bo'lib, yiliga 745 ming so'mgacha foyda ko'rishlari mumkin.
- Ta'lim krediti: Ta'lim kreditini rasmiylashtirganda stipendiyali kontraktni tanlash qulay, ayniqsa foizsiz kredit oluvchi qizlar uchun bu qo'shimcha imkoniyatdir.
Oliy ta'limdagi yangiliklar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish uchun talabalar uchun ajratilgan bo'limimizni kuzatib boring.
Eslatma: 2023/24-o'quv yili uchun kontrakt miqdorlari o'zgarishsiz qoldirilgan. Shartnoma turini tanlashda o'z moliyaviy imkoniyatlaringizni to'g'ri baholang.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.