Abituriyent ruxsatnomasini qanday olish mumkin? (Sim karta yo’qolsa)

Abituriyentlar uchun muhim qo’llanma: my.uzbmb.uz saytiga kirish uchun telefon raqami yoki sim karta yo’qolganda ruxsatnomani qayta tiklash tartibi.

2
Abituriyent ruxsatnomasini qanday olish mumkin? (Sim karta yo’qolsa)

Abituriyentlar diqqatiga: Ruxsatnomani qanday yuklab olish mumkin?

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar abituriyentlar uchun mo‘ljallangan my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali ruxsatnomalarni yuklab olishlari mumkin. Tizimga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan telefon raqami login, o‘zingiz o‘rnatgan parol esa kalit vazifasini o‘taydi.

Telefon sim kartasi yo‘qolsa yoki parol esdan chiqsa nima qilish kerak?

Agar sizda ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga kirish imkoni bo‘lmasa, quyidagi ikki usul yordamida ruxsatnomani qo‘lga kiritishingiz mumkin:

1. Aloqa kompaniyasiga murojaat qilish

  • Mavjud sim kartani tiklash uchun tegishli aloqa kompaniyasining ofisiga tashrif buyuring va raqamingizni qayta faollashtiring. Bu tizimga kirish uchun eng tezkor usuldir.

2. Bilimni baholash agentligiga murojaat qilish

  • Agar sim kartani tiklashning iloji bo‘lmasa, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishingiz kerak.
  • Murojaat asosida mas’ul xodimlar ruxsatnomani siz ko‘rsatgan boshqa telefon raqamiga yuborish imkoniyatiga ega.

Imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Esda tuting, ruxsatnomasiz imtihonga kirish imkonsiz.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar