InfoeduTa'lim xabarlari va yangiliklari

Rasman: Professional taʼlim muassasalari pedagoglarining oylik maoshi oshiriladi

Oliy ta’lim muassasalari bilan bog’liq muhim yangilik: Qisqacha mazmun:Prezidentning “2022–2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi farmoni imzolandi.Davlat dasturiga ko’ra , professional taʼlim tizimini rivojlantirish, mehnat bozori va ish beruvchilarning talablariga mos bo’lgan malakali o’rta bo’g’in kadrlarini tayyorlash maqsadida: 2023/2024-o’quv yilidan boshlab davlat grantlari […]

3
Rasman: Professional taʼlim muassasalari pedagoglarining oylik maoshi oshiriladi
Oliy ta'lim muassasalari bilan bog'liq muhim yangilik:

Qisqacha mazmun:
Prezidentning “2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi farmoni imzolandi.
Davlat dasturiga ko'ra , professional taʼlim tizimini rivojlantirish, mehnat bozori va ish beruvchilarning talablariga mos bo'lgan malakali o'rta bo'g'in kadrlarini tayyorlash maqsadida: 2023/2024-o'quv yilidan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli bo'yicha ham ajratilishi ko'zda tutildi.
Mazkur hujjatda, shuningdek, quyidagilar belgilangan: ➖ 2023-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga o'qitish sifatini taʼminlash tizimi talablariga to'liq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional taʼlim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yiladi; ➖ 2023-yil 1-apreldan boshlab: ✔️professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy o'rta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga; ✔️professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega bo'lgan, malaka toifasiga ega bo'lmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega bo'lmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy o'rta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali o'qituvchisi, oliy maʼlumotli o'qituvchisi hamda o'rta maxsus maʼlumotli o'qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

Prezidentning “2022–2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi farmoni imzolandi.

Davlat dasturiga ko'ra , professional taʼlim tizimini rivojlantirish, mehnat bozori va ish beruvchilarning talablariga mos bo'lgan malakali o'rta bo'g'in kadrlarini tayyorlash maqsadida: 2023/2024-o'quv yilidan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli bo'yicha ham ajratilishi ko'zda tutildi.

Mazkur hujjatda, shuningdek, quyidagilar belgilangan:

➖ 2023-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga o'qitish sifatini taʼminlash tizimi talablariga to'liq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional taʼlim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

2023-yil 1-apreldan boshlab:

✔️professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy o'rta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;

✔️professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega bo'lgan, malaka toifasiga ega bo'lmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega bo'lmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy o'rta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali o'qituvchisi, oliy maʼlumotli o'qituvchisi hamda o'rta maxsus maʼlumotli o'qituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.



Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Javoblar (0 )



















O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar